حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا الْمُغِيرَةُ، - يَعْنِي ابْنَ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الْحِزَامِيَّ - عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " نَزَلَ نَبِيٌّ مِنَ الأَنْبِيَاءِ تَحْتَ شَجَرَةٍ فَلَدَغَتْهُ نَمْلَةٌ فَأَمَرَ بِجِهَازِهِ فَأُخْرِجَ مِنْ تَحْتِهَا ثُمَّ أَمَرَ بِهَا فَأُحْرِقَتْ فَأَوْحَى اللَّهُ إِلَيْهِ فَهَلاَّ نَمْلَةً وَاحِدَةً " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ shunday dedilar: «Paygʻambarlardan bir paygʻambar bir daraxt tagiga tushdi. Shunda uni chumoli chaqib oldi. Bas, u (paygʻambar) yuk-anjomiga buyurdi, u daraxt tagidan chiqarildi. Soʻng (chumolilar uyasini) buyurdi, u yoqib yuborildi. Bas, Alloh unga: ‹Nega bittagina chumoli (oʻldirmading)?› deb vahiy qildi».