حَدَّثَنِي أَبُو الطَّاهِرِ، وَحَرْمَلَةُ بْنُ يَحْيَى، قَالاَ أَخْبَرَنَا ابْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنِي يُونُسُ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ، عَنْ مُعَاوِيَةَ بْنِ الْحَكَمِ السُّلَمِيِّ، قَالَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ أُمُورًا كُنَّا نَصْنَعُهَا فِي الْجَاهِلِيَّةِ كُنَّا نَأْتِي الْكُهَّانَ . قَالَ " فَلاَ تَأْتُوا الْكُهَّانَ " . قَالَ قُلْتُ كُنَّا نَتَطَيَّرُ . قَالَ " ذَاكَ شَىْءٌ يَجِدُهُ أَحَدُكُمْ فِي نَفْسِهِ فَلاَ يَصُدَّنَّكُمْ " .
Muoviya ibn al-Hakam as-Sulamiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: men: «Yo Rasululloh! Biz johiliyat davrida qiladigan baʼzi ishlarimiz bor edi: biz kohinlarga (folbinlarga) borar edik», — dedim. U zot: «Endi kohinlarga bormanglar», — dedilar. Men: «Biz badgumonlik (qush uchirib fol ochish) qilar edik», — dedim. U zot: «Bu — birovingiz oʻz koʻnglida his qiladigan bir narsa, shu sizni (biror ishdan) toʻsib qoʻymasin», — dedilar.