حَدَّثَنِي أَبُو كَامِلٍ الْجَحْدَرِيُّ، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ نَصْرِ بْنِ عَاصِمٍ، عَنْ مَالِكِ بْنِ الْحُوَيْرِثِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا كَبَّرَ رَفَعَ يَدَيْهِ حَتَّى يُحَاذِيَ بِهِمَا أُذُنَيْهِ وَإِذَا رَكَعَ رَفَعَ يَدَيْهِ حَتَّى يُحَاذِيَ بِهِمَا أُذُنَيْهِ وَإِذَا رَفَعَ رَأْسَهُ مِنَ الرُّكُوعِ فَقَالَ " سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ " . فَعَلَ مِثْلَ ذَلِكَ .
Molik ibn al-Huvayris (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ takbir aytganlarida ikki qoʻllarini quloqlari barobariga boʻlguncha koʻtarar edilar, rukuʼga egilganlarida ikki qoʻllarini quloqlari barobariga boʻlguncha koʻtarar edilar va boshlarini rukuʼdan koʻtarib «Samiʼallohu liman hamidah (Alloh Oʻziga hamd aytganni eshitdi)» deganlarida ham xuddi shunday qilar edilar.