حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدَةُ بْنُ سُلَيْمَانَ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتِ اشْتَكَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَدَخَلَ عَلَيْهِ نَاسٌ مِنْ أَصْحَابِهِ يَعُودُونَهُ فَصَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم جَالِسًا فَصَلَّوْا بِصَلاَتِهِ قِيَامًا فَأَشَارَ إِلَيْهِمْ أَنِ اجْلِسُوا . فَجَلَسُوا فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ " إِنَّمَا جُعِلَ الإِمَامُ لِيُؤْتَمَّ بِهِ فَإِذَا رَكَعَ فَارْكَعُوا وَإِذَا رَفَعَ فَارْفَعُوا وَإِذَا صَلَّى جَالِسًا فَصَلُّوا جُلُوسًا " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ betob boʻlib qoldilar. Bas, sahobalaridan bir necha kishi u zotni koʻrgani kirishdi. Rasululloh ﷺ oʻtirgan holda namoz oʻqidilar, ular esa u zotning namozlariga ergashib tik turib oʻqishdi. Shunda u zot ularga oʻtiringlar, deb ishora qildilar. Bas, ular oʻtirishdi. Namozdan boʻshaganlarida: «Albatta, imom unga ergashilishi uchun (tayinlangan). Bas, u rukuʼ qilsa, sizlar ham rukuʼ qilinglar; (boshini) koʻtarsa, sizlar ham koʻtaringlar; oʻtirib namoz oʻqisa, sizlar ham oʻtirib namoz oʻqinglar», — dedilar.