حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الدَّارِمِيُّ، أَخْبَرَنَا مَرْوَانُ بْنُ مُحَمَّدٍ الدِّمَشْقِيُّ، حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ عَبْدِ الْعَزِيزِ، عَنْ عَطِيَّةَ بْنِ قَيْسٍ، عَنْ قَزْعَةَ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا رَفَعَ رَأْسَهُ مِنَ الرُّكُوعِ قَالَ " رَبَّنَا لَكَ الْحَمْدُ مِلْءَ السَّمَوَاتِ وَالأَرْضِ وَمِلْءَ مَا شِئْتَ مِنْ شَىْءٍ بَعْدُ أَهْلَ الثَّنَاءِ وَالْمَجْدِ أَحَقُّ مَا قَالَ الْعَبْدُ وَكُلُّنَا لَكَ عَبْدٌ اللَّهُمَّ لاَ مَانِعَ لِمَا أَعْطَيْتَ وَلاَ مُعْطِيَ لِمَا مَنَعْتَ وَلاَ يَنْفَعُ ذَا الْجَدِّ مِنْكَ الْجَدُّ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, u dedi: Rasululloh ﷺ rukuʼdan boshlarini koʻtarganlarida: «Robbanaa lakal hamdu milʼas-samaavaati val-arzi va milʼa maa shiʼta min shayʼin baʼd. Ahlas-sanaaʼi val-majd, ahaqqu maa qoolal-abdu va kullunaa laka abd. Allohumma laa maaniʼa limaa aʼtoyta va laa muʼtiya limaa manaʼta va laa yanfaʼu zal-jaddi minkal-jadd (Ey Robbimiz! Osmonlar va yer toʻla va undan keyin Sen istagan narsa toʻla hamd Senga boʻlsin. Ey maqtov va ulugʻlik egasi! Bandaning aytgan eng haq soʻzi (shudir), bizning hammamiz Senga bandamiz. Ey Allohim! Sen bergan narsani toʻsuvchi yoʻq, Sen toʻsgan narsani beruvchi yoʻq va boylik egasiga uning boyligi Sening (huzuringda) foyda bermas)», derdilar.