حَدَّثَنَا الْحَكَمُ بْنُ مُوسَى أَبُو صَالِحٍ، حَدَّثَنَا هِقْلُ بْنُ زِيَادٍ، قَالَ سَمِعْتُ الأَوْزَاعِيَّ، قَالَ حَدَّثَنِي يَحْيَى بْنُ أَبِي كَثِيرٍ، حَدَّثَنِي أَبُو سَلَمَةَ، حَدَّثَنِي رَبِيعَةُ بْنُ كَعْبٍ الأَسْلَمِيُّ، قَالَ كُنْتُ أَبِيتُ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَتَيْتُهُ بِوَضُوئِهِ وَحَاجَتِهِ فَقَالَ لِي " سَلْ " . فَقُلْتُ أَسْأَلُكَ مُرَافَقَتَكَ فِي الْجَنَّةِ . قَالَ " أَوَغَيْرَ ذَلِكَ " . قُلْتُ هُوَ ذَاكَ . قَالَ " فَأَعِنِّي عَلَى نَفْسِكَ بِكَثْرَةِ السُّجُودِ " .
Rabiʼa ibn Kaʼb al-Aslamiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ bilan (bir kecha) tunardim, u zotga tahorat suvi va ehtiyojlarini keltirardim. Bir kuni u zot menga: «Soʻra (tilagingni)», dedilar. Men: «Sizdan jannatda yoʻldoshligingizni soʻrayman», dedim. U zot: «Yoki shundan boshqasinimi?», dedilar. Men: «Faqat shu (tilagim)», dedim. U zot: «Unday boʻlsa, koʻp sajda qilish bilan menga oʻzing haqingda yordam ber», dedilar.