حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ حَاتِمٍ، حَدَّثَنَا بَهْزٌ، حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ طَاوُسٍ، عَنْ طَاوُسٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " أُمِرْتُ أَنْ أَسْجُدَ عَلَى سَبْعَةِ أَعْظُمٍ الْجَبْهَةِ - وَأَشَارَ بِيَدِهِ عَلَى أَنْفِهِ - وَالْيَدَيْنِ وَالرِّجْلَيْنِ وَأَطْرَافِ الْقَدَمَيْنِ وَلاَ نَكْفِتَ الثِّيَابَ وَلاَ الشَّعْرَ " .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Men yetti suyak ustiga sajda qilishga buyurildim: peshona — (deb) qoʻllari bilan burniga ishora qildilar — ikki qoʻl, ikki oyoq va oyoq panjalarining uchlari ustiga; kiyimni ham, sochni ham (yigʻib) tutmasligimizga (buyurildik)».