حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ سَوَّادٍ الْعَامِرِيُّ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ الْحَارِثِ، أَنَّ بُكَيْرًا، حَدَّثَهُ أَنَّ كُرَيْبًا مَوْلَى ابْنِ عَبَّاسٍ حَدَّثَهُ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّهُ رَأَى عَبْدَ اللَّهِ بْنَ الْحَارِثِ يُصَلِّي وَرَأْسُهُ مَعْقُوصٌ مِنْ وَرَائِهِ فَقَامَ فَجَعَلَ يَحُلُّهُ فَلَمَّا انْصَرَفَ أَقْبَلَ إِلَى ابْنِ عَبَّاسٍ فَقَالَ مَا لَكَ وَرَأْسِي فَقَالَ إِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِنَّمَا مَثَلُ هَذَا مَثَلُ الَّذِي يُصَلِّي وَهُوَ مَكْتُوفٌ " .
Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U Abdulloh ibn al-Horisning namoz oʻqiyotganini, sochi orqasidan oʻrib bogʻlangan holda ekanini koʻrdi. Shunda u (oʻrnidan) turib, uni yecha boshladi. (Abdulloh ibn al-Horis namozdan) qaytgach, Ibn Abbosga yuzlanib: «Senga nima boʻldi-yu, sochimga (tegding)?», dedi. U: «Men Rasululloh ﷺ ning: ‹Bu (kishi) namozni qoʻllari orqasiga bogʻlangan holda oʻqigan kishiga oʻxshaydi›, deganlarini eshitganman», dedi.