حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ، حَدَّثَنَا سَلِيمُ بْنُ حَيَّانَ، حَدَّثَنَا سَعِيدُ، بْنُ مِينَاءَ عَنْ جَابِرٍ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَثَلِي وَمَثَلُ الأَنْبِيَاءِ كَمَثَلِ رَجُلٍ بَنَى دَارًا فَأَتَمَّهَا وَأَكْمَلَهَا إِلاَّ مَوْضِعَ لَبِنَةٍ فَجَعَلَ النَّاسُ يَدْخُلُونَهَا وَيَتَعَجَّبُونَ مِنْهَا وَيَقُولُونَ لَوْلاَ مَوْضِعُ اللَّبِنَةِ " . قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " فَأَنَا مَوْضِعُ اللَّبِنَةِ جِئْتُ فَخَتَمْتُ الأَنْبِيَاءَ " .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Mening va paygʻambarlarning masali — bir uy qurib, uni toʻla bitkazib, mukammal qilgan, faqat bitta gʻishtning oʻrnini (boʻsh) qoldirgan kishining masali kabidir. Odamlar unga kirib, undan hayratlanib: ‹Faqat gʻishtning oʻrni (boʻsh) qolibdi-ya!› — der edilar», — dedilar. Rasululloh ﷺ: «Oʻsha gʻishtning oʻrni men boʻlaman, men kelib paygʻambarlarni xotima qildim (yakunladim)», — dedilar.