حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا لَيْثٌ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي حَبِيبٍ، عَنْ أَبِي الْخَيْرِ، عَنْ عُقْبَةَ بْنِ عَامِرٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم خَرَجَ يَوْمًا فَصَلَّى عَلَى أَهْلِ أُحُدٍ صَلاَتَهُ عَلَى الْمَيِّتِ ثُمَّ انْصَرَفَ إِلَى الْمِنْبَرِ فَقَالَ " إِنِّي فَرَطٌ لَكُمْ وَأَنَا شَهِيدٌ عَلَيْكُمْ وَإِنِّي وَاللَّهِ لأَنْظُرُ إِلَى حَوْضِيَ الآنَ وَإِنِّي قَدْ أُعْطِيتُ مَفَاتِيحَ خَزَائِنِ الأَرْضِ أَوْ مَفَاتِيحَ الأَرْضِ وَإِنِّي وَاللَّهِ مَا أَخَافُ عَلَيْكُمْ أَنْ تُشْرِكُوا بَعْدِي وَلَكِنْ أَخَافُ عَلَيْكُمْ أَنْ تَتَنَافَسُوا فِيهَا " .
Uqba ibn Omir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir kuni chiqib, Uhud (shahidlari) ahliga xuddi mayyit ustiga oʻqiganidek (janoza) namozini oʻqidilar, soʻng minbarga oʻtib shunday dedilar: «Albatta men sizlar uchun (Havz boshida yetib boruvchi) peshqadamman va men sizlarga guvohman. Vallohi, men hozir ham oʻz Havzimga qarab turibman. Menga yer (osti) xazinalarining kalitlari — yoki yerning kalitlari — ato etildi. Vallohi, men sizlarning mendan keyin shirk keltirishingizdan qoʻrqmayman, balki men sizlarning u (dunyo)da bir-biringiz bilan musobaqaga (talashishga) tushib qolishingizdan qoʻrqaman».