حَدَّثَنِي زُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا هَاشِمٌ، - يَعْنِي ابْنَ الْقَاسِمِ - عَنْ سُلَيْمَانَ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ دَخَلَ عَلَيْنَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ عِنْدَنَا فَعَرِقَ وَجَاءَتْ أُمِّي بِقَارُورَةٍ فَجَعَلَتْ تَسْلُتُ الْعَرَقَ فِيهَا فَاسْتَيْقَظَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " يَا أُمَّ سُلَيْمٍ مَا هَذَا الَّذِي تَصْنَعِينَ " . قَالَتْ هَذَا عَرَقُكَ نَجْعَلُهُ فِي طِيبِنَا وَهُوَ مِنْ أَطْيَبِ الطِّيبِ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ huzurimizga kirdilar va biznikida qaylula qildilar (tushlik vaqtida dam oldilar), shunda u zot terladilar. Onam bir shisha olib keldi va terni unga solishga (artib yigʻishga) tushdi. Nabiy ﷺ uygʻonib: «Yo Ummu Sulaym, bu nima qilayotganing?» — dedilar. U: «Bu sizning teringiz, biz uni oʻzimizning xushboʻyimizga qoʻshamiz, u eng xushboʻy atirlardan biridir», — dedi.