حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ بْنُ مُسْلِمٍ، حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، حَدَّثَنَا أَيُّوبُ، عَنْ أَبِي قِلاَبَةَ، عَنْ أَنَسٍ، عَنْ أُمِّ سُلَيْمٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَأْتِيهَا فَيَقِيلُ عِنْدَهَا فَتَبْسُطُ لَهُ نَطْعًا فَيَقِيلُ عَلَيْهِ وَكَانَ كَثِيرَ الْعَرَقِ فَكَانَتْ تَجْمَعُ عَرَقَهُ فَتَجْعَلُهُ فِي الطِّيبِ وَالْقَوَارِيرِ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " يَا أُمَّ سُلَيْمٍ مَا هَذَا " . قَالَتْ عَرَقُكَ أَدُوفُ بِهِ طِيبِي .
Ummu Sulaym (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ uning oldiga kelib, unikida qaylula qilar (tushlik vaqtida dam olar) edilar. (Ummu Sulaym) u zotga bir charm (terilik) yozar, u zot esa uning ustida qaylula qilar edilar. U zot koʻp terlardilar. (Ummu Sulaym) u zotning terlarini yigʻib, atir va shishalarga solib qoʻyar edi. Nabiy ﷺ: «Yo Ummu Sulaym, bu nima?» — dedilar. U: «Bu sizning teringiz, men uni oʻz atirimga qoʻshaman», — dedi.