حَدَّثَنَا عَمْرٌو النَّاقِدُ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْمُنْكَدِرِ، عَنْ جَابِرِ، بْنِ عَبْدِ اللَّهِ قَالَ سَمِعْتُهُ يَقُولُ نَدَبَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم النَّاسَ يَوْمَ الْخَنْدَقِ فَانْتَدَبَ الزُّبَيْرُ ثُمَّ نَدَبَهُمْ فَانْتَدَبَ الزُّبَيْرُ ثُمَّ نَدَبَهُمْ فَانْتَدَبَ الزُّبَيْرُ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " لِكُلِّ نَبِيٍّ حَوَارِيٌّ وَحَوَارِيَّ الزُّبَيْرُ " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Xandaq kuni Rasululloh ﷺ odamlarni (dushmanga qarshi chiqishga) chorladilar. Shunda Zubayr (chiqishga) javob berdi. Soʻng yana ularni chorladilar, yana Zubayr javob berdi. Soʻng yana ularni chorladilar, yana Zubayr javob berdi. Shunda Nabiy ﷺ: «Har bir paygʻambarning havoriysi (sodiq yordamchisi) boʻlgan, mening havoriyim esa Zubayrdir», dedilar.