حَدَّثَنَا سُوَيْدُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ مُسْهِرٍ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتِ اسْتَأْذَنَتْ هَالَةُ بِنْتُ خُوَيْلِدٍ أُخْتُ خَدِيجَةَ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَعَرَفَ اسْتِئْذَانَ خَدِيجَةَ فَارْتَاحَ لِذَلِكَ فَقَالَ " اللَّهُمَّ هَالَةُ بِنْتُ خُوَيْلِدٍ " . فَغِرْتُ فَقُلْتُ وَمَا تَذْكُرُ مِنْ عَجُوزٍ مِنْ عَجَائِزِ قُرَيْشٍ حَمْرَاءِ الشِّدْقَيْنِ هَلَكَتْ فِي الدَّهْرِ فَأَبْدَلَكَ اللَّهُ خَيْرًا مِنْهَا .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Xadijaning singlisi Hola binti Xuvaylid Rasululloh ﷺ ning huzurlariga kirishga izn soʻradi. Shunda u zot Xadijaning izn soʻrashini esladilar va bundan xursand boʻlib: «Allohim, bu Hola binti Xuvayliddir», dedilar. Men rashk qilib: «Quraysh kampirlaridan biri boʻlgan, ikki labi qizargan, allaqachon oʻlib ketgan bir kampirni nima qilib eslaysiz? Alloh sizga undan yaxshirogʻini bergan-ku!» dedim.