حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، وَابْنُ، بَشَّارٍ قَالاَ حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، قَالَ سَمِعْتُ الْبَرَاءَ، يَقُولُ أُهْدِيَتْ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حُلَّةُ حَرِيرٍ فَجَعَلَ أَصْحَابُهُ يَلْمُسُونَهَا وَيَعْجَبُونَ مِنْ لِينِهَا فَقَالَ " أَتَعْجَبُونَ مِنْ لِينِ هَذِهِ لَمَنَادِيلُ سَعْدِ بْنِ مُعَاذٍ فِي الْجَنَّةِ خَيْرٌ مِنْهَا وَأَلْيَنُ " .
al-Baro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ga ipakdan bir hulla (chiroyli kiyim) hadya qilindi. Shunda u zotning sahobalari uni paypaslab, yumshoqligidan hayratga tushdilar. U zot: «Bunday yumshoqligidan hayratga tushyapsizlarmi? Jannatdagi Saʼd ibn Muozning roʻmolchalari bundan ham yaxshiroq va yumshoqroqdir», dedilar.