وَحَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، وَأَبُو أُسَامَةَ عَنْ إِسْمَاعِيلَ، ح وَحَدَّثَنَا ابْنُ نُمَيْرٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ إِدْرِيسَ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، عَنْ قَيْسٍ، عَنْ جَرِيرٍ، قَالَ مَا حَجَبَنِي رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مُنْذُ أَسْلَمْتُ وَلاَ رَآنِي إِلاَّ تَبَسَّمَ فِي وَجْهِي . زَادَ ابْنُ نُمَيْرٍ فِي حَدِيثِهِ عَنِ ابْنِ إِدْرِيسَ وَلَقَدْ شَكَوْتُ إِلَيْهِ أَنِّي لاَ أَثْبُتُ عَلَى الْخَيْلِ فَضَرَبَ بِيَدِهِ فِي صَدْرِي وَقَالَ " اللَّهُمَّ ثَبِّتْهُ وَاجْعَلْهُ هَادِيًا مَهْدِيًّا " .
Jarir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Islomni qabul qilganimdan beri Rasululloh ﷺ meni (huzurlariga kirishdan) toʻsmadilar va meni faqat yuzimga tabassum qilib koʻrar edilar. Ibn Numayr oʻz hadisida shuni qoʻshdi: Men u zotga: «Men ot ustida barqaror tura olmayapman», — deb shikoyat qildim. Shunda u zot qoʻllarini koʻksimga urib: «Ey Alloh, uni barqaror qil va uni (toʻgʻri yoʻlga) boshlovchi, hidoyat topgan (kishi) qilgin», — dedilar.