حَدَّثَنِي حَرْمَلَةُ بْنُ يَحْيَى، أَخْبَرَنَا ابْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنِي يُونُسُ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، حَدَّثَنِي سَعِيدُ بْنُ الْمُسَيَّبِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " تَجِدُونَ النَّاسَ مَعَادِنَ فَخِيَارُهُمْ فِي الْجَاهِلِيَّةِ خِيَارُهُمْ فِي الإِسْلاَمِ إِذَا فَقُهُوا وَتَجِدُونَ مِنْ خَيْرِ النَّاسِ فِي هَذَا الأَمْرِ أَكْرَهُهُمْ لَهُ قَبْلَ أَنْ يَقَعَ فِيهِ وَتَجِدُونَ مِنْ شِرَارِ النَّاسِ ذَا الْوَجْهَيْنِ الَّذِي يَأْتِي هَؤُلاَءِ بِوَجْهٍ وَهَؤُلاَءِ بِوَجْهٍ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Odamlarni (turli) konlar (kabi) topasizlar: johiliyatda ularning yaxshilari, agar (dinni) yaxshi anglasalar, Islomda ham yaxshilaridir. Va bu ish (hokimiyat)da odamlarning eng yaxshilarini, u (mansab) oʻziga tushishidan oldin uni eng yomon koʻrganlar (sifatida) topasizlar. Yana odamlarning eng yomonlarini ikkiyuzlama kishi (sifatida) topasizlarki, u bularning oldiga bir yuz bilan, ularning oldiga boshqa yuz bilan keladi», dedilar.