حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، قَالَ قَرَأْتُ عَلَى مَالِكٍ عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَزِيدَ، اللَّيْثِيِّ عَنْ أَبِي أَيُّوبَ الأَنْصَارِيِّ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ يَحِلُّ لِمُسْلِمٍ أَنْ يَهْجُرَ أَخَاهُ فَوْقَ ثَلاَثِ لَيَالٍ يَلْتَقِيَانِ فَيُعْرِضُ هَذَا وَيُعْرِضُ هَذَا وَخَيْرُهُمَا الَّذِي يَبْدَأُ بِالسَّلاَمِ " .
Abu Ayyub al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bir musulmonga oʻz birodaridan uch kechadan ortiq yuz oʻgirib yurishi halol emas: ular uchrashib qolganda, biri u tomonga, ikkinchisi bu tomonga yuz oʻgiradi. Ularning yaxshirogʻi salom berishni birinchi boshlaganidir», dedilar.