حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، قَالَ قَرَأْتُ عَلَى مَالِكٍ عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِيَّاكُمْ وَالظَّنَّ فَإِنَّ الظَّنَّ أَكْذَبُ الْحَدِيثِ وَلاَ تَحَسَّسُوا وَلاَ تَجَسَّسُوا وَلاَ تَنَافَسُوا وَلاَ تَحَاسَدُوا وَلاَ تَبَاغَضُوا وَلاَ تَدَابَرُوا وَكُونُوا عِبَادَ اللَّهِ إِخْوَانًا " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Gumondan saqlaning, chunki gumon eng yolgʻon soʻzdir. Bir-biringizning (ayb)laringizni axtarmang, bir-biringizni payqashga urinmang, bir-biringiz bilan (dunyo uchun) musobaqalashmang, bir-biringizga hasad qilmang, bir-biringizga adovat saqlamang, bir-biringizga orqa oʻgirmang va Allohning bandalari boʻlib, oʻzaro birodar boʻling», dedilar.