حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا الْمُغِيرَةُ، - يَعْنِي ابْنَ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الْحِزَامِيَّ - عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " اللَّهُمَّ إِنِّي أَتَّخِذُ عِنْدَكَ عَهْدًا لَنْ تُخْلِفَنِيهِ فَإِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ فَأَىُّ الْمُؤْمِنِينَ آذَيْتُهُ شَتَمْتُهُ لَعَنْتُهُ جَلَدْتُهُ فَاجْعَلْهَا لَهُ صَلاَةً وَزَكَاةً وَقُرْبَةً تُقَرِّبُهُ بِهَا إِلَيْكَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Allohim! Albatta men Sening huzuringda bir ahd-paymon olamanki, Sen unga aslo xilof qilmaysan. Men faqat bir insonman. Bas, qaysi bir moʻminga ozor bergan, soʻkkan, lanat aytgan yoki qamchilagan boʻlsam, buni unga Qiyomat kunida oʻzingga yaqinlashtiradigan salovat, poklik va yaqinlik qilgin», dedilar.