حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، أَخْبَرَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ يَزِيدَ الضُّبَعِيِّ، حَدَّثَنَا مُطَرِّفٌ، عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ، قَالَ قِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَعُلِمَ أَهْلُ الْجَنَّةِ مِنْ أَهْلِ النَّارِ قَالَ فَقَالَ " نَعَمْ " . قَالَ قِيلَ فَفِيمَ يَعْمَلُ الْعَامِلُونَ قَالَ " كُلٌّ مُيَسَّرٌ لِمَا خُلِقَ لَهُ " .
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Yo Rasululloh! Jannat ahli doʻzax ahlidan (allaqachon) ajratib qoʻyilganmi?» — deb soʻraldi. Shunda u zot: «Ha», — dedilar. «Unday boʻlsa, amal qiluvchilar nima uchun amal qiladilar?» — deb soʻraldi. U zot: «Har bir kishi oʻzi nima uchun yaratilgan boʻlsa, oʻshanga muyassar qilinadi», — dedilar.