حَدَّثَنَا زُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَا مِنْ مَوْلُودٍ إِلاَّ يُلِدَ عَلَى الْفِطْرَةِ فَأَبَوَاهُ يُهَوِّدَانِهِ وَيُنَصِّرَانِهِ وَيُشَرِّكَانِهِ " . فَقَالَ رَجُلٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَرَأَيْتَ لَوْ مَاتَ قَبْلَ ذَلِكَ قَالَ " اللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا كَانُوا عَامِلِينَ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ aytdilar: «Har bir chaqaloq fitrat ustida tugʻiladi, soʻng ota-onasi uni yahudiy qiladi, nasroniy qiladi yoki mushrik qiladi». Shunda bir kishi: «Yo Rasululloh! Agar u shundan oldin oʻlib qolsa, qanday boʻladi?» — dedi. (U zot): «Alloh ularning nima qiluvchi boʻlganlarini yaxshiroq biluvchidir», — dedilar.