حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، سَمِعْتُ عَبْدَ، اللَّهِ بْنَ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِ يَقُولُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِنَّ اللَّهَ لاَ يَقْبِضُ الْعِلْمَ انْتِزَاعًا يَنْتَزِعُهُ مِنَ النَّاسِ وَلَكِنْ يَقْبِضُ الْعِلْمَ بِقَبْضِ الْعُلَمَاءِ حَتَّى إِذَا لَمْ يَتْرُكْ عَالِمًا اتَّخَذَ النَّاسُ رُءُوسًا جُهَّالاً فَسُئِلُوا فَأَفْتَوْا بِغَيْرِ عِلْمٍ فَضَلُّوا وَأَضَلُّوا " .
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: men Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: «Albatta, Alloh ilmni odamlardan tortib olish bilan (birdaniga) olib qoʻymaydi, balki ilmni olimlarni olish (vafot ettirish) bilan olib qoʻyadi. Toki (yer yuzida birorta) olim qoldirmaganida, odamlar johillarni bosh (rahbar) qilib oladilar; ulardan (savol) soʻraladi va ular ilmsiz fatvo beradilar, natijada oʻzlari ham adashadilar, (boshqalarni ham) adashtiradilar», dedilar.