حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، أَخْبَرَنَا هُشَيْمٌ، عَنْ سَيَّارٍ، عَنْ يَزِيدَ الْفَقِيرِ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ الأَنْصَارِيِّ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أُعْطِيتُ خَمْسًا لَمْ يُعْطَهُنَّ أَحَدٌ قَبْلِي كَانَ كُلُّ نَبِيٍّ يُبْعَثُ إِلَى قَوْمِهِ خَاصَّةً وَبُعِثْتُ إِلَى كُلِّ أَحْمَرَ وَأَسْوَدَ وَأُحِلَّتْ لِيَ الْغَنَائِمُ وَلَمْ تُحَلَّ لأَحَدٍ قَبْلِي وَجُعِلَتْ لِيَ الأَرْضُ طَيِّبَةً طَهُورًا وَمَسْجِدًا فَأَيُّمَا رَجُلٍ أَدْرَكَتْهُ الصَّلاَةُ صَلَّى حَيْثُ كَانَ وَنُصِرْتُ بِالرُّعْبِ بَيْنَ يَدَىْ مَسِيرَةِ شَهْرٍ وَأُعْطِيتُ الشَّفَاعَةَ " .
Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Menga mendan oldin hech kimga berilmagan besh (narsa) berildi: har bir paygʻambar faqat oʻz qavmiga yuborilar edi, men esa har bir qizil va qora (yaʼni butun insoniyat)ga yuborildim; menga oʻljalar halol qilindi, mendan oldin hech kimga halol qilinmagan edi; menga yer poklovchi va masjid qilib berildi, shuning uchun qaysi bir kishiga namoz vaqti yetib qolsa, qayerda boʻlsa, oʻsha yerda namoz oʻqiyversin; menga bir oylik masofadan (dushman koʻngliga soladigan) qoʻrquv bilan yordam berildi; va menga shafoat berildi», dedilar.