حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا أَبُو الأَحْوَصِ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنِ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ، قَالَ صَلَّيْتُ مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم إِلَى بَيْتِ الْمَقْدِسِ سِتَّةَ عَشَرَ شَهْرًا حَتَّى نَزَلَتِ الآيَةُ الَّتِي فِي الْبَقَرَةِ { وَحَيْثُمَا كُنْتُمْ فَوَلُّوا وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُ} فَنَزَلَتْ بَعْدَ مَا صَلَّى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَانْطَلَقَ رَجُلٌ مِنَ الْقَوْمِ فَمَرَّ بِنَاسٍ مِنَ الأَنْصَارِ وَهُمْ يُصَلُّونَ فَحَدَّثَهُمْ فَوَلَّوْا وُجُوهَهُمْ قِبَلَ الْبَيْتِ .
Baro ibn Ozib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺ bilan birga Baytul-Maqdis (Quddus) tomon oʻn olti oy namoz oʻqidim, toki Baqara surasidagi: {Qayerda boʻlsangiz, yuzlaringizni u tomonga buringlar} (Baqara 144) degan oyat nozil boʻldi. U oyat Nabiy ﷺ namoz oʻqib boʻlganlaridan keyin nozil boʻldi. Shunda jamoadan bir kishi (oʻrnidan) turib ketdi va namoz oʻqiyotgan ansorlardan baʼzilarining yonidan oʻtib, ularga (buni) aytdi. Shunda ular yuzlarini (Kaʼba) Bayt tomon burishdi.