حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يُصَلِّي نَحْوَ بَيْتِ الْمَقْدِسِ فَنَزَلَتْ { قَدْ نَرَى تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِي السَّمَاءِ فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبْلَةً تَرْضَاهَا فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ} فَمَرَّ رَجُلٌ مِنْ بَنِي سَلِمَةَ وَهُمْ رُكُوعٌ فِي صَلاَةِ الْفَجْرِ وَقَدْ صَلَّوْا رَكْعَةً فَنَادَى أَلاَ إِنَّ الْقِبْلَةَ قَدْ حُوِّلَتْ . فَمَالُوا كَمَا هُمْ نَحْوَ الْقِبْلَةِ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Baytul-Maqdis tomon namoz oʻqir edilar. Shunda: {Darhaqiqat, Biz yuzingni osmon (tomon) burayotganingni koʻrmoqdamiz. Bas, albatta, seni oʻzing rozi boʻladigan qiblaga burgaymiz. Endi yuzingni Masjidul-Harom tomon bur} (Baqara 144) degan (oyat) nozil boʻldi. Banu Salimadan bir kishi — ular bomdod namozida rukuʼda edilar va bir rakaat oʻqigan edilar — yonlaridan oʻtib qoldi va: «Ogoh boʻlinglar! Albatta, qibla oʻzgartirildi», deb nido qildi. Shunda ular oʻsha holatlaricha qibla tomon burildilar.