حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، وَأَبُو كَامِلٍ الْجَحْدَرِيُّ - وَاللَّفْظُ لِقُتَيْبَةَ - قَالاَ حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ أَبِي يَعْفُورٍ، عَنْ مُصْعَبِ بْنِ سَعْدٍ، قَالَ صَلَّيْتُ إِلَى جَنْبِ أَبِي قَالَ وَجَعَلْتُ يَدَىَّ بَيْنَ رُكْبَتَىَّ فَقَالَ لِي أَبِي اضْرِبْ بِكَفَّيْكَ عَلَى رُكْبَتَيْكَ . قَالَ ثُمَّ فَعَلْتُ ذَلِكَ مَرَّةً أُخْرَى فَضَرَبَ يَدَىَّ وَقَالَ إِنَّا نُهِينَا عَنْ هَذَا وَأُمِرْنَا أَنْ نَضْرِبَ بِالأَكُفِّ عَلَى الرُّكَبِ .
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: (oʻgʻli Musʼab dedi:) Men otamning yonida namoz oʻqidim va ikki qoʻlimni ikki tizzamning orasiga qoʻydim. Shunda otam menga: «Ikki kaftingni ikki tizzangga qoʻy», dedi. (Roviy) dedi: Soʻng men buni yana bir bor qildim. Shunda u qoʻllarimga urib: «Biz bundan qaytarilgan va kaftlarimizni tizzalarga qoʻyishga buyurilganmiz», dedi.