حَدَّثَنَا أَبُو كَامِلٍ الْجَحْدَرِيُّ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ كَثِيرٍ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ جَابِرٍ، قَالَ كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَبَعَثَنِي فِي حَاجَةٍ فَرَجَعْتُ وَهُوَ يُصَلِّي عَلَى رَاحِلَتِهِ وَوَجْهُهُ عَلَى غَيْرِ الْقِبْلَةِ فَسَلَّمْتُ عَلَيْهِ فَلَمْ يَرُدَّ عَلَىَّ فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ " إِنَّهُ لَمْ يَمْنَعْنِي أَنْ أَرُدَّ عَلَيْكَ إِلاَّ أَنِّي كُنْتُ أُصَلِّي " .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Nabiy ﷺ bilan birga edik, u zot meni bir hojat (ish) bilan joʻnatdilar. Men qaytib keldim, u zot ulovlari ustida namoz oʻqiyotgan, yuzlari qibladan boshqa tomonga (qaragan) edi. Men u zotga salom berdim, ammo u zot menga (salomimni) qaytarmadilar. (Namozdan) boʻshaganlarida: «Meni senga (salomingni) qaytarishimdan namoz oʻqiyotganligimdan boshqa narsa toʻsib qolmadi», — dedilar.