حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، قَالَ قَرَأْتُ عَلَى مَالِكٍ عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ ابْنِ بُحَيْنَةَ، قَالَ صَلَّى لَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَكْعَتَيْنِ مِنْ بَعْضِ الصَّلَوَاتِ ثُمَّ قَامَ فَلَمْ يَجْلِسْ فَقَامَ النَّاسُ مَعَهُ فَلَمَّا قَضَى صَلاَتَهُ وَنَظَرْنَا تَسْلِيمَهُ كَبَّرَ فَسَجَدَ سَجْدَتَيْنِ وَهُوَ جَالِسٌ قَبْلَ التَّسْلِيمِ ثُمَّ سَلَّمَ .
Abdulloh ibn Buhayna (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ baʼzi (farz) namozlarning birida bizga ikki rakat (oʻqib) namoz oʻqitdilar, soʻng (oʻtirmasdan) turib ketdilar va oʻtirmadilar. Odamlar ham u zot bilan birga turdilar. Namozlarini tugatib, biz salom berishlarini kutib turganimizda, takbir aytib, oʻtirgan holatda salomdan oldin ikki sajda qildilar, soʻng salom berdilar.