وَحَدَّثَنَا مِنْجَابُ بْنُ الْحَارِثِ التَّمِيمِيُّ، أَخْبَرَنَا ابْنُ مُسْهِرٍ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَزَادَ أَوْ نَقَصَ - قَالَ إِبْرَاهِيمُ وَالْوَهْمُ مِنِّي - فَقِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَزِيدَ فِي الصَّلاَةِ شَىْءٌ فَقَالَ " إِنَّمَا أَنَا بَشَرٌ مِثْلُكُمْ أَنْسَى كَمَا تَنْسَوْنَ فَإِذَا نَسِيَ أَحَدُكُمْ فَلْيَسْجُدْ سَجْدَتَيْنِ وَهُوَ جَالِسٌ " . ثُمَّ تَحَوَّلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَسَجَدَ سَجْدَتَيْنِ .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ namoz oʻqib, (rakaatni) ziyoda qildilar yoki kam qildilar — Ibrohim dedi: shubha mendan (kelib chiqyapti) — shunda: «Yo Rasululloh! Namozga biror narsa ziyoda boʻldimi?» deyildi. Shunda (u zot): «Men ham sizlar kabi bir insonman, sizlar unutgandek men ham unutaman. Sizlardan biringiz (namozda) unutsa, oʻtirgan holida ikki (marta) sajda qilsin», dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ (qiblaga) burilib, ikki (marta) sajda qildilar.