وَحَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا مُعَاوِيَةُ بْنُ هِشَامٍ، حَدَّثَنَا شَيْبَانُ، بِهَذَا الإِسْنَادِ .
Abu Qatoda (roziyallohu anhu)dan yuqoridagi hadis kabi rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan namoz oʻqiyotgan paytimizda u zot shovqin eshitdilar. Shunda: «Sizlarga nima boʻldi?» dedilar. Ular: «Namozga shoshildik», dedilar. U zot: «Bunday qilmanglar. Namozga kelganingizda sokinlik saqlanglar. (Imom bilan) ulgurganingizni oʻqing, ulgurolmaganingizni (oʻzingiz) toʻldiring», dedilar.