حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، قَالَ قَرَأْتُ عَلَى مَالِكٍ عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " يَتَعَاقَبُونَ فِيكُمْ مَلاَئِكَةٌ بِاللَّيْلِ وَمَلاَئِكَةٌ بِالنَّهَارِ وَيَجْتَمِعُونَ فِي صَلاَةِ الْفَجْرِ وَصَلاَةِ الْعَصْرِ ثُمَّ يَعْرُجُ الَّذِينَ بَاتُوا فِيكُمْ فَيَسْأَلُهُمْ رَبُّهُمْ وَهُوَ أَعْلَمُ بِهِمْ كَيْفَ تَرَكْتُمْ عِبَادِي فَيَقُولُونَ تَرَكْنَاهُمْ وَهُمْ يُصَلُّونَ وَأَتَيْنَاهُمْ وَهُمْ يُصَلُّونَ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlarning oranglarda kechasi (bir guruh) farishtalar, kunduzi (boshqa) farishtalar navbatlashib (almashib) turadilar. Ular bomdod namozi va asr namozida toʻplanadilar. Soʻng sizning oranglarda tunagan (farishta)lar (osmonga) koʻtariladilar. Shunda Rabbingiz ularni — garchi ularni Oʻzi yaxshi bilsa-da — soʻraydi: ‹Bandalarimni qanday qoldirdinglar?› Ular: ‹Biz ularni namoz oʻqiyotgan holda qoldirdik va ular namoz oʻqiyotgan holda yonlariga kelgan edik›, — deydilar», — dedilar.