حَدَّثَنَا ابْنُ نُمَيْرٍ، حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنْ دَاوُدَ بْنِ أَبِي هِنْدٍ، عَنْ أَبِي عُثْمَانَ، عَنْ سَلْمَانَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ اللَّهَ خَلَقَ يَوْمَ خَلَقَ السَّمَوَاتِ وَالأَرْضَ مِائَةَ رَحْمَةٍ كُلُّ رَحْمَةٍ طِبَاقَ مَا بَيْنَ السَّمَاءِ وَالأَرْضِ فَجَعَلَ مِنْهَا فِي الأَرْضِ رَحْمَةً فَبِهَا تَعْطِفُ الْوَالِدَةُ عَلَى وَلَدِهَا وَالْوَحْشُ وَالطَّيْرُ بَعْضُهَا عَلَى بَعْضٍ فَإِذَا كَانَ يَوْمُ الْقِيَامَةِ أَكْمَلَهَا بِهَذِهِ الرَّحْمَةِ " .
Salmon al-Forisiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, Alloh osmonlar va yerni yaratgan kuni yuz (boʻlak) rahmat yaratdi. Har bir rahmat osmon bilan yer orasidagi (masofa) qadar (keng)dir. U shulardan bir rahmatni yer yuzida (qoldirib) qoʻydi. Ana oʻsha (rahmat) tufayli ona oʻz bolasiga, yovvoyi hayvon va qush bir-biriga mehribonlik qiladi. Qiyomat kuni boʻlganida esa, U mana shu rahmat bilan uni (rahmatni) toʻliq qiladi», dedilar.