حَدَّثَنِي زُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، أَخْبَرَنَا ثَابِتٌ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ رَجُلاً، كَانَ يُتَّهَمُ بِأُمِّ وَلَدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِعَلِيٍّ " اذْهَبْ فَاضْرِبْ عُنُقَهُ " . فَأَتَاهُ عَلِيٌّ فَإِذَا هُوَ فِي رَكِيٍّ يَتَبَرَّدُ فِيهَا فَقَالَ لَهُ عَلِيٌّ اخْرُجْ . فَنَاوَلَهُ يَدَهُ فَأَخْرَجَهُ فَإِذَا هُوَ مَجْبُوبٌ لَيْسَ لَهُ ذَكَرٌ فَكَفَّ عَلِيٌّ عَنْهُ ثُمَّ أَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّهُ لَمَجْبُوبٌ مَا لَهُ ذَكَرٌ
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi Rasululloh ﷺ ning umm valadlari (oʻgʻil tuqqan choʻrilari) bilan ayblanar edi. Shunda Rasululloh ﷺ Aliga: «Borib, uning boʻynini ur», — dedilar. Ali uning oldiga keldi, qarasa, u bir quduqda (suvda) salqinlanib oʻtiribdi. Ali unga: «Chiq!», — dedi va unga qoʻlini uzatib, uni (suvdan) chiqardi. Qarasa, u majbub (jinsiy aʼzosi kesilgan) ekan, jinsiy aʼzosi yoʻq edi. Shunda Ali undan (qoʻlini) tortdi (uni oʻldirishdan toʻxtadi), soʻng Nabiy ﷺ ning oldilariga kelib: «Yo Rasululloh, u majbub ekan, jinsiy aʼzosi yoʻq ekan», — dedi.