حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُعَاذٍ الْعَنْبَرِيُّ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَدِيٍّ، - وَهُوَ ابْنُ ثَابِتٍ - قَالَ سَمِعْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ يَزِيدَ، يُحَدِّثُ عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم خَرَجَ إِلَى أُحُدٍ فَرَجَعَ نَاسٌ مِمَّنْ كَانَ مَعَهُ فَكَانَ أَصْحَابُ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فِيهِمْ فِرْقَتَيْنِ قَالَ بَعْضُهُمْ نَقْتُلُهُمْ . وَقَالَ بَعْضُهُمْ لاَ . فَنَزَلَتْ { فَمَا لَكُمْ فِي الْمُنَافِقِينَ فِئَتَيْنِ}
Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy ﷺ Uhudga (jang uchun) chiqdilar. Soʻng u zot bilan birga boʻlganlardan baʼzi odamlar (orqaga) qaytib ketdilar. Shunda Nabiy ﷺ ning sahobalari ular toʻgʻrisida ikki firqaga boʻlinib qoldilar. Baʼzilari: ‹Ularni oʻldiramiz›, dedilar, baʼzilari esa: ‹Yoʻq›, dedilar. Shunda: {Sizlarga ne boʻldiki, munofiqlar haqida ikki guruh boʻlib qoldingiz?} (oyati) nozil boʻldi».