حَدَّثَنَا عُمَرُ بْنُ حَفْصِ بْنِ غِيَاثٍ، حَدَّثَنَا أَبِي، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، قَالَ سَمِعْتُ إِبْرَاهِيمَ، يَقُولُ سَمِعْتُ عَلْقَمَةَ، يَقُولُ قَالَ عَبْدُ اللَّهِ جَاءَ رَجُلٌ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا أَبَا الْقَاسِمِ إِنَّ اللَّهَ يُمْسِكُ السَّمَوَاتِ عَلَى إِصْبَعٍ وَالأَرَضِينَ عَلَى إِصْبَعٍ وَالشَّجَرَ وَالثَّرَى عَلَى إِصْبَعٍ وَالْخَلاَئِقَ عَلَى إِصْبَعٍ ثُمَّ يَقُولُ أَنَا الْمَلِكُ أَنَا الْمَلِكُ . قَالَ فَرَأَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم ضَحِكَ حَتَّى بَدَتْ نَوَاجِذُهُ ثُمَّ قَرَأَ { وَمَا قَدَرُوا اللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِ}
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ huzurlariga ahli kitobdan bir kishi kelib: «Yo Abul-Qosim, Alloh osmonlarni bir barmoqqa, yerlarni bir barmoqqa, daraxt va tuproqni bir barmoqqa, maxluqotni bir barmoqqa (joylab) ushlab turadi, soʻng: ‹Men Podshohman, Men Podshohman›, deydi», dedi. (Abdulloh) dedi: Men Nabiy ﷺ ni ozish tishlari koʻrinib ketguncha kulganlarini koʻrdim, soʻng u zot: {Ular Allohni haqqiga loyiq ulugʻlamadilar} (Zumar 67) oyatini oʻqidilar.