وَحَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، بِهَذَا الإِسْنَادِ بِمِثْلِهِ غَيْرَ أَنَّهُ قَالَ " أَلاَ أَدُلُّكُمْ " .
Horisa ibn Vahb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: u Nabiy ﷺ dan eshitgan, u zot ﷺ: «Sizlarga aytib bermaymi?» — dedilar. Ular: «Ha (bering)», — deyishdi. U zot ﷺ: «(Ular) har bir ojiz, ojiz (deb past) sanalgan (kishidir). Agar u Allohga qasam ichsa (biror narsa soʻrasa), Alloh uni rost chiqaradi (tilagini bajaradi)», — dedilar. Soʻng: «Sizlarga doʻzax ahli haqida xabar bermaymi?» — dedilar. Ular: «Ha (bering)», — deyishdi. U zot: «(Ular) har bir qoʻpol, baxil-ochkoʻz, kibrlanuvchi (kishidir)», — dedilar.