حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، وَسَعِيدُ بْنُ عَمْرٍو الأَشْعَثِيُّ، وَزُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، وَابْنُ، أَبِي عُمَرَ قَالُوا حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، بِهَذَا الإِسْنَادِ . وَزَادُوا فِي الإِسْنَادِ عَنْ سُفْيَانَ، فَقَالُوا عَنْ زَيْنَبَ بِنْتِ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ حَبِيبَةَ، عَنْ أُمِّ حَبِيبَةَ، عَنْ زَيْنَبَ بِنْتِ جَحْشٍ، .
Zaynab bint Jahsh (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ uyqularidan: «Lo ilaha illalloh! Yaqinlashib kelayotgan yomonlikdan arablar holiga voy! Bugun Yaʼjuj va Maʼjuj toʻsigʻidan mana shuncha (joy) ochildi», — deb uygʻonib ketdilar. Sufyon qoʻli bilan oʻn (raqamini) tugib koʻrsatdi. (Zaynab) dedi: «Yo Rasululloh! Oramizda solihlar boʻla turib, biz halok boʻlamizmi?» dedim. (U zot): «Ha, fasod koʻpaygan paytda», — dedilar.