وَحَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، وَأَبُو كُرَيْبٍ قَالاَ حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، ح وَحَدَّثَنِي مُحَمَّدُ، بْنُ الْمُثَنَّى حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عَدِيٍّ، كِلاَهُمَا عَنْ عُثْمَانَ الشَّحَّامِ، بِهَذَا الإِسْنَادِ . حَدِيثُ ابْنِ أَبِي عَدِيٍّ نَحْوَ حَدِيثِ حَمَّادٍ إِلَى آخِرِهِ وَانْتَهَى حَدِيثُ وَكِيعٍ عِنْدَ قَوْلِهِ " إِنِ اسْتَطَاعَ النَّجَاءَ " . وَلَمْ يَذْكُرْ مَا بَعْدَهُ .
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, fitnalar boʻladi. Ogoh boʻlinglar! Soʻng yana bir fitna boʻladiki, unda oʻtirgan kishi yurganidan koʻra yaxshiroq, yurgan kishi (uning sari) yugurganidan koʻra yaxshiroq boʻladi. Ogoh boʻlinglar! U (fitna) tushganda yoki yuz berganda, kimning tuyasi boʻlsa, oʻz tuyasiga qoʻshilsin; kimning qoʻyi boʻlsa, oʻz qoʻyiga qoʻshilsin; kimning yeri boʻlsa, oʻz yeriga qoʻshilsin. Kimning hech narsasi boʻlmasa, oʻz qilichini olib, uning damini tosh bilan urib (singdirib) qoʻysin, soʻng qutilishga qodir boʻlsa, qutilib qolsin», — dedilar.