وَحَدَّثَنَاهُ مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرٍ، - وَهُوَ الْحَنَفِيُّ - حَدَّثَنَا عَبْدُ الْحَمِيدِ، بْنُ جَعْفَرٍ بِهَذَا الإِسْنَادِ نَحْوَهُ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ning: «Lot va Uzzoga ibodat qilinmaguncha kecha va kunduz (oʻtib) ketmaydi», — deyayotganlarini eshitdim. Shunda men: «Yo Rasululloh! Alloh: {U shunday zotki, mushriklar yoqtirmasalar-da, (oʻz dinini) barcha dinlardan ustun qilish uchun oʻz Paygʻambarini hidoyat va haq din bilan yuborgandir} (Tavba 33) oyatini nozil qilganda, men buni (gʻalaba) tugal (yakuniy) boʻladi deb oʻylardim», — dedim. U zot: «Albatta, Alloh xohlagunicha shundan (din ustunligidan) boʻladi. Soʻngra Alloh muborak (xushboʻy) shamol yuboradi va u qalbida bir xardal donasi ogʻirligicha iymoni bor har bir kishining jonini oladi. Shunda faqat oʻzida hech qanday yaxshilik boʻlmagan kishilar qoladi va ular ota-bobolarining diniga qaytadilar», — dedilar.