حَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ، حَدَّثَنَا رَوْحُ بْنُ عُبَادَةَ، حَدَّثَنَا هِشَامٌ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ نَافِعٍ، قَالَ لَقِيَ ابْنُ عُمَرَ ابْنَ صَائِدٍ فِي بَعْضِ طُرُقِ الْمَدِينَةِ فَقَالَ لَهُ قَوْلاً أَغْضَبَهُ فَانْتَفَخَ حَتَّى مَلأَ السِّكَّةَ فَدَخَلَ ابْنُ عُمَرَ عَلَى حَفْصَةَ وَقَدْ بَلَغَهَا فَقَالَتْ لَهُ رَحِمَكَ اللَّهُ مَا أَرَدْتَ مِنِ ابْنِ صَائِدٍ أَمَا عَلِمْتَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِنَّمَا يَخْرُجُ مِنْ غَضْبَةٍ يَغْضَبُهَا " .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U Madina yoʻllaridan birida Ibn Soidga duch keldi-da, unga shunday bir soʻz aytdiki, bu uni gʻazablantirdi. Shunda u koʻpchib (shishib) ketib, butun koʻchani toʻldirib yubordi. Soʻng Ibn Umar Hafsaning oldiga kirdi, (voqea) unga ham yetib borgan edi. Hafsa unga: «Alloh senga rahm qilsin! Ibn Soiddan nima istading?! Rasululloh ﷺ: ‹U faqat (kimsadir) uni gʻazablantirgan gʻazab tufayligina (Dajjol boʻlib) chiqadi›, deganliklarini bilmasmiding?» dedi.