وَحَدَّثَنِي حَجَّاجُ بْنُ الشَّاعِرِ، حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، - يَعْنِي ابْنَ زَيْدٍ - حَدَّثَنَا مَعْبَدُ بْنُ هِلاَلٍ الْعَنَزِيُّ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ رَجُلاً، سَأَلَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ مَتَى تَقُومُ السَّاعَةُ قَالَ فَسَكَتَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم هُنَيْهَةً ثُمَّ نَظَرَ إِلَى غُلاَمٍ بَيْنَ يَدَيْهِ مِنْ أَزْدِ شَنُوءَةَ فَقَالَ " إِنْ عُمِّرَ هَذَا لَمْ يُدْرِكْهُ الْهَرَمُ حَتَّى تَقُومَ السَّاعَةُ " . قَالَ قَالَ أَنَسٌ ذَاكَ الْغُلاَمُ مِنْ أَتْرَابِي يَوْمَئِذٍ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺ dan: «Qiyomat qachon boshlanadi?» — deb soʻradi. (Roviy) dedi: Shunda Rasululloh ﷺ bir oz jim qoldilar, soʻng huzurlaridagi Azd Shanua (qabilasi)dan boʻlgan bir bolaga qarab: «Agar bu (bola) umr koʻrsa, qariligi yetmasdan turib Qiyomat boshlanadi», dedilar. (Roviy) dedi: Anas: «Oʻsha bola oʻsha kunlarda mening tengdoshlarimdan edi», dedi.