حَدَّثَنِي الْحَكَمُ بْنُ مُوسَى أَبُو صَالِحٍ، حَدَّثَنَا شُعَيْبُ بْنُ إِسْحَاقَ، أَخْبَرَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ، أَخْبَرَهُ أَنَّ النَّاسَ نَزَلُوا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَلَى الْحِجْرِ أَرْضِ ثَمُودَ فَاسْتَقَوْا مِنْ آبَارِهَا وَعَجَنُوا بِهِ الْعَجِينَ فَأَمَرَهُمْ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ يُهَرِيقُوا مَا اسْتَقَوْا وَيَعْلِفُوا الإِبِلَ الْعَجِينَ وَأَمَرَهُمْ أَنْ يَسْتَقُوا مِنَ الْبِئْرِ الَّتِي كَانَتْ تَرِدُهَا النَّاقَةُ .
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: odamlar Rasululloh ﷺ bilan birga Hijrga — Samud (qavmi)ning yeriga tushib, uning quduqlaridan suv olishdi va oʻsha (suv) bilan xamir qorishdi. Shunda Rasululloh ﷺ ularni olgan suvlarini toʻkib tashlashga va xamirni tuyalarga yedirishga buyurdilar hamda tuya (Solih paygʻambarning tuyasi) suv ichishga keladigan quduqdan suv olishlariga buyurdilar.