حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، عَنْ خَالِدٍ الْحَذَّاءِ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، بْنِ أَبِي بَكْرَةَ عَنْ أَبِيهِ، قَالَ مَدَحَ رَجُلٌ رَجُلاً عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم - قَالَ - فَقَالَ " وَيْحَكَ قَطَعْتَ عُنُقَ صَاحِبِكَ قَطَعْتَ عُنُقَ صَاحِبِكَ " . مِرَارًا " إِذَا كَانَ أَحَدُكُمْ مَادِحًا صَاحِبَهُ لاَ مَحَالَةَ فَلْيَقُلْ أَحْسِبُ فُلاَنًا وَاللَّهُ حَسِيبُهُ وَلاَ أُزَكِّي عَلَى اللَّهِ أَحَدًا أَحْسِبُهُ إِنْ كَانَ يَعْلَمُ ذَاكَ كَذَا وَكَذَا " .
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: bir kishi Nabiy ﷺ ning oldida boshqa bir kishini maqtadi. Shunda u zot: «Voy senga! Sen oʻrtogʻingning boʻynini uzding, oʻrtogʻingning boʻynini uzding», deb buni bir necha bor (takrorlab) aytdilar. (Soʻng): «Sizlardan biringiz oʻrtogʻini maqtamasdan iloji boʻlmasa, ‹Men falonchini shunday deb oʻylayman, Alloh uning hisob-kitobini qiluvchidir, men Allohga (nisbatan) hech kimni oqlamayman, agar (uning yaxshi) ekanini bilsam, uni shunday-shunday deb oʻylayman›, desin», dedilar.