حَدَّثَنَا هَدَّابُ بْنُ خَالِدٍ الأَزْدِيُّ، حَدَّثَنَا هَمَّامٌ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ تَكْتُبُوا عَنِّي وَمَنْ كَتَبَ عَنِّي غَيْرَ الْقُرْآنِ فَلْيَمْحُهُ وَحَدِّثُوا عَنِّي وَلاَ حَرَجَ وَمَنْ كَذَبَ عَلَىَّ - قَالَ هَمَّامٌ أَحْسِبُهُ قَالَ - مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Mendan (Qurʼondan boshqasini) yozib olmanglar. Kim mendan Qurʼondan boshqa narsani yozib olgan boʻlsa, uni oʻchirib tashlasin. Mendan (ogʻzaki) rivoyat qilaveringlar, bunda hech qanday gunoh yoʻq. Kim menga (ataylab) yolgʻon toʻqisa — Hammom dedi: ‹Gumonimcha, u ‹ataylab› dedi› — joyini doʻzaxdan tayyorlab qoʻyaversin», dedilar.