حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، وَمُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، قَالاَ حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، قَالَ أَمَرَنِي عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ أَبْزَى أَنْ أَسْأَلَ ابْنَ عَبَّاسٍ، عَنْ هَاتَيْنِ الآيَتَيْنِ، { وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا} فَسَأَلْتُهُ فَقَالَ لَمْ يَنْسَخْهَا شَىْءٌ . وَعَنْ هَذِهِ الآيَةِ { وَالَّذِينَ لاَ يَدْعُونَ مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ وَلاَ يَقْتُلُونَ النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلاَّ بِالْحَقِّ} قَالَ نَزَلَتْ فِي أَهْلِ الشِّرْكِ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Abdurahmon ibn Abzo menga Ibn Abbosdan mana shu ikki oyat haqida soʻrashni buyurdi: {Kim bir moʼminni qasddan oʻldirsa, uning jazosi jahannamdir, unda abadiy qoladi}. Men undan soʻradim, u: «Uni hech narsa bekor qilmadi», dedi. Yana mana shu {Va ular Alloh bilan birga boshqa bir ilohga ibodat qilmaydilar hamda Alloh harom qilgan jonni — haq (qatl) bundan mustasno — oʻldirmaydilar} oyati haqida (soʻraganimda), u: «Bu mushriklar haqida nozil boʻldi», dedi.