حَدَّثَنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مُطِيعٍ، حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، عَنْ أَبِي بِشْرٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، قَالَ قُلْتُ لاِبْنِ عَبَّاسٍ سُورَةُ التَّوْبَةِ قَالَ آلتَّوْبَةِ قَالَ بَلْ هِيَ الْفَاضِحَةُ مَا زَالَتْ تَنْزِلُ وَمِنْهُمْ وَمِنْهُمْ . حَتَّى ظَنُّوا أَنْ لاَ يَبْقَى مِنَّا أَحَدٌ إِلاَّ ذُكِرَ فِيهَا . قَالَ قُلْتُ سُورَةُ الأَنْفَالِ قَالَ تِلْكَ سُورَةُ بَدْرٍ . قَالَ قُلْتُ فَالْحَشْرُ قَالَ نَزَلَتْ فِي بَنِي النَّضِيرِ .
Said ibn Jubayr (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Ibn Abbosga: «Tavba surasi (haqida soʻramoqchiman)», dedim. U: «Tavbami?», dedi va: «Yoʻq, balki u (Foziha) — (munofiqlarning sirini) sharmanda qiluvchi (sura)dir. Unda: ‹ulardan baʼzilari... ulardan baʼzilari...› (degan oyatlar) tinmay nozil boʻlaverdi; oxiri ular (sahobalar) bizdan birortamiz ham unda zikr qilinmay qolmasa kerak, deb oʻylab qoldilar», dedi. Men: «Anfol surasi-chi?», dedim. U: «U Badr surasidir», dedi. Men: «Hashr surasi-chi?», dedim. U: «U Banu Nazir (yahudiylari) haqida nozil boʻlgan», dedi.