وَحَدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، أَخْبَرَنَا ابْنُ إِدْرِيسَ، حَدَّثَنَا أَبُو حَيَّانَ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنِ ابْنِ، عُمَرَ قَالَ سَمِعْتُ عُمَرَ بْنَ الْخَطَّابِ، عَلَى مِنْبَرِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ أَمَّا بَعْدُ أَيُّهَا النَّاسُ فَإِنَّهُ نَزَلَ تَحْرِيمُ الْخَمْرِ وَهْىَ مِنْ خَمْسَةٍ مِنَ الْعِنَبِ وَالتَّمْرِ وَالْعَسَلِ وَالْحِنْطَةِ وَالشَّعِيرِ وَالْخَمْرُ مَا خَامَرَ الْعَقْلَ وَثَلاَثٌ أَيُّهَا النَّاسُ وَدِدْتُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ عَهِدَ إِلَيْنَا فِيهِنَّ عَهْدًا نَنْتَهِي إِلَيْهِ الْجَدُّ وَالْكَلاَلَةُ وَأَبْوَابٌ مِنْ أَبْوَابِ الرِّبَا .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men Umar ibn al-Xattobning Rasululloh ﷺ ning minbarida turib: «Ammo baʼd. Ey insonlar! Xamrni harom qilish (hukmi) nozil boʻldi; u (xamr) besh narsadan: uzum, xurmo, asal, bugʻdoy va arpadan (tayyorlanar) edi. Xamr esa aqlni toʻsib qoʻyadigan (mast qiladigan) narsadir. Ey insonlar! Uch narsa borki, koshki Rasululloh ﷺ ular haqida biz amal qiladigan bir ahd-tavsiyani bizga qoldirib ketganlarida edi: bobo (merosi), kalola va ribo eshiklaridan baʼzi eshiklar», deb aytayotganlarini eshitdim.