حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ، - يَعْنِي ابْنَ زُرَيْعٍ - عَنْ عُمَرَ بْنِ مُحَمَّدٍ، عَنْ حَفْصِ بْنِ عَاصِمٍ، قَالَ مَرِضْتُ مَرَضًا فَجَاءَ ابْنُ عُمَرَ يَعُودُنِي قَالَ وَسَأَلْتُهُ عَنِ السُّبْحَةِ، فِي السَّفَرِ فَقَالَ صَحِبْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي السَّفَرِ فَمَا رَأَيْتُهُ يُسَبِّحُ وَلَوْ كُنْتُ مُسَبِّحًا لأَتْمَمْتُ وَقَدْ قَالَ اللَّهُ تَعَالَى { لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ إِسْوَةٌ حَسَنَةٌ}
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: men bir kasal bilan ogʻridim, shunda Ibn Umar holimdan xabar olgani keldi. Men undan safarda (nafl) tasbeh (namozi) haqida soʻradim. U: «Men safarda Rasululloh ﷺ ga hamroh boʻldim, u zotning (nafl) tasbeh (namozini) oʻqiganlarini koʻrmadim. Agar men tasbeh (namozini) oʻquvchi boʻlganimda, (namozni) toʻliq oʻqigan boʻlardim. Zero, Alloh taolo: ‹Albatta, sizlar uchun Rasulullohda goʻzal namuna bordir› (Ahzob 21), degan», dedi.