حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَاحِدِ، عَنِ الأَعْمَشِ، حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ، قَالَ سَمِعْتُ عَبْدَ الرَّحْمَنِ بْنَ يَزِيدَ، يَقُولُ صَلَّى بِنَا عُثْمَانُ بِمِنًى أَرْبَعَ رَكَعَاتٍ فَقِيلَ ذَلِكَ لِعَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ فَاسْتَرْجَعَ ثُمَّ قَالَ صَلَّيْتُ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِمِنًى رَكْعَتَيْنِ وَصَلَّيْتُ مَعَ أَبِي بَكْرٍ الصِّدِّيقِ بِمِنًى رَكْعَتَيْنِ وَصَلَّيْتُ مَعَ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ بِمِنًى رَكْعَتَيْنِ فَلَيْتَ حَظِّي مِنْ أَرْبَعِ رَكَعَاتٍ رَكْعَتَانِ مُتَقَبَّلَتَانِ .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Usmon bizga Minoda toʻrt rakaat namoz oʻqitdi. Bu Abdulloh ibn Masʼudga aytildi, shunda u {inno lillohi va inno ilayhi rojiʼun} (Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytguvchilarmiz) (Baqara 156) deb istirjoʼ qildi, soʻng dedi: «Men Rasululloh ﷺ bilan Minoda ikki rakaat oʻqidim, Abu Bakr as-Siddiq bilan Minoda ikki rakaat oʻqidim va Umar ibn al-Xattob bilan Minoda ikki rakaat oʻqidim. Qaniydi, toʻrt rakaatdan menga nasiba boʻlib qabul qilingan ikki rakaat (qolsa) edi».